AKT ga oid so'zlar glossariysi
-
Haker
Kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirishga harakat qiluvchi shaxs.
-
Hard disk
Maʼlumotlarni katta hajmda saqlash uchun moʻljallangan magnit disk.
-
Hardware
Kompyuterning moddiy qismi – protsessor, xotira, qurilmalar.
-
Hash-table
Maʼlumotlarni tezkor qidirish uchun ishlatiladigan maʼlumotlar tuzilmasi.
-
Hash
Maʼlumotlarni maʼlum uzunlikdagi qiymatga o‘zgartiruvchi matematik funksiya.
-
HDMI
Video va audio signallarni yuqori sifatda uzatish uchun interfeys.
-
Heap
Xotirada maʼlumotlarni dinamik joylashtirish uchun ajratilgan soha.
-
High-level language
Dasturlash tillarining inson tushunishiga yaqin ko‘rinishi (C, Java).
-
Host
Tarmoqdagi kompyuter yoki qurilma.
-
Hosting
Veb-saytlarni Internetda joylashtirish xizmati.
-
Hotkey
Tezkor buyruq berish uchun belgilangan tugmalar birikmasi.
-
HTML
Veb-sahifalarni yaratish uchun ishlatiladigan belgilash tili.
-
HTTP
Veb-sahifalarni uzatish uchun asosiy protokol.
-
HTTPS
Shifrlangan xavfsiz veb-aloqa protokoli.
-
Hub
Tarmoqdagi bir nechta qurilmalarni birlashtiruvchi qurilma.
-
Hybrid tizim
Turli xil texnologiyalarni o‘zida birlashtirgan tizim.
-
Hyperlink
Boshqa hujjat yoki sahifaga olib o‘tuvchi matn yoki element.
-
Hypermedia
Matn, grafik, audio va video maʼlumotlarni o‘z ichiga oluvchi gipermatnli tizim.
-
Hypertext
Boshqa hujjatlarga murojaat qilish imkonini beruvchi matn.
-
Hz
Sekundiga bitta tebranish chastotasi o‘lchov birligi.