AKT ga oid so'zlar glossariysi
-
Gateway
Turli tarmoqlarni birlashtirib, maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan qurilma yoki dasturiy modul.
-
GIF
256 ranggacha qo‘llab-quvvatlaydigan, animatsiya imkoniyatiga ega grafik fayl formati.
-
Gigabayt
Hajmi 1024 megabaytga teng bo‘lgan axborot o‘lchov birligi.
-
Gigagerts
Sekundiga milliard tebranishni ifodalovchi chastota birligi.
-
GIS
Hududiy maʼlumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish tizimi.
-
Git
Versiyalarni boshqarish tizimi bo‘lib, dasturiy loyihalarda kodni kuzatish va boshqarish uchun ishlatiladi.
-
Global tarmoq
Butun dunyoni qamrab oluvchi kompyuter tarmog‘i (Internet asosiy misol).
-
Gmail
Google kompaniyasining bepul elektron pochta xizmati.
-
GNU
Bepul dasturiy taʼminotni rivojlantirish loyihasi.
-
GPS
Yer yuzidagi joylashuvni aniqlash uchun sunʼiy yo‘ldosh tizimi.
-
GPU
Grafik amallarni tezkor bajarish uchun moʻljallangan maxsus protsessor.
-
Gradient
Rangning bir-biriga silliq o‘tish jarayoni.
-
Grafik fayl
Rasmlar yoki grafik tasvirlar saqlanadigan fayl.
-
Grafik interfeys
Foydalanuvchi bilan dasturiy taʼminot o‘rtasidagi grafik asosidagi o‘zaro aloqa usuli.
-
Grafik protsessor
Grafik maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma.
-
Grafik redaktor
Rasmlar va chizmalarni yaratish va tahrirlash uchun dastur (masalan, Photoshop).
-
Grafik
Maʼlumotlarni tasviriy shaklda ifodalash vositalari.
-
GSM
Mobil aloqa uchun xalqaro standart.
-
GUI
Piktogramma va oynalarga asoslangan foydalanuvchi interfeysi.
-
Gyroskop
Joylashuv va burilish burchaklarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan qurilma.