Abonent terminali<br>ing: subscriber terminal<br>rus: aбонентский терминал

1. Abonent xonasiga o‘rnatilgan va telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan, MChU o‘z ichiga olgan telekommunikatsiyalar oxirgi (terminal) apparaturasi. Izoh – Terminal MKAni, u abonent xonasida joylashtirilsa (umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bo‘ylab ma’lumotlarni uzatish uchun modem), o‘z ichiga olishi mumkin, bunda «abonent terminali» tushunchasi «abonent oxirgi (terminal) qurilmasi» tushunchasi bilan mos keladi. 2. Foydalanuvchi tasarrufidagi antennali, o‘lchamlari kichik bo‘lgan, tayanch stansiya, yo‘ldosh yoki boshqa foydalanuvchi bilan axborot almashishni, jumladan, aloqaga kirish, aloqa seanslarini tayyorlash va amalga oshirish, axborotni kiritish va olishni ta’minlaydigan qabul qilgich-uzatgich.

⬅ Назад к списку